Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston: Milliy radio va televideniye ofisi hukumat nazoratiga qaytarildi
11:02 / 2021-08-09

Afg‘oniston maxsus xizmatlari bir necha tumanlari tolibonlar tomonidan egallangan Qunduz shahrini jangarilardan tozalash amaliyotiga kirishdi.

“Mamlakat mudofaa vazirligi tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, maxsus xizmat xodimlar shaharning markaziy maydonlardan birini va bu yerga yondosh mavzelarni, shuningdek, milliy radio va televideniye ofisini hukumat nazoratiga qaytardi”, deyiladi Ariana News xabarida.

Maxsus xizmat kuchlari qo‘mondoni Toj Muhammadning aytishicha, tolibonlar keyingi 24 soat davomida Qunduzga hujumni faollashtirgan, lekin hukumat qo‘shinlarining qarshiligi tufayli katta talafatlar ko‘rgan.