Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston konferensiyasining kun tartibi
10:09 / 2022-07-25

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga qaraganda, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi kun tartibi kelishib olingan.

Anjumanda delegatsiya rahbarlarining chiqishlari ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Afg‘onistonning rivojlanishi va xalqaro jarayonga integratsiyalashuvi yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdim etiladi.

Xususan,    “Toshkent -  Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temiryo‘li qurilishi, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘ini shakllantirish,      “Gumanitar yordam bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi hamda Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish-ta’lim markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihalari ham muhokama etiladi.

Xalqaro konferensiya natijasiga ko‘ra, tashkilotchi mamlakat bayonoti e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘zA