Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston energetika infratuzilmasini rivojlantirishga start berildi
14:31 / 2025-09-08

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unda qayd etilishicha, kuni kecha Afg‘onistonning Qobul shahrida energetika sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va mamlakat energetika sektorini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Afg‘oniston hukumati vakillari, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari energetika vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik vakolatxonalar vakillari ishtirok etdi. 

Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari xususida so‘z yuritdi.

Anjuman doirasida Afg‘onistonda 220-500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar qurilishi bo‘yicha moliyaviy shartnoma imzolandi va loyihaning amaliy bosqichiga start berildi. 

Ta’kidlanganidek, loyihalar 2027 yilning birinchi choragiga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida elektr energetikasi yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘ylab taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aqlli hisoblash tizimlarini joriy etish, sohada samaradorlik va shaffoflikni oshirish hamda texnik ekspertiza orqali ishonchli energiya yetkazib berishni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik kengaytiriladi. 

Uchrashuv yakunlari shuni ko‘rsatadiki, ushbu anjuman nafaqat Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirish, balki butun mintaqada barqaror energiya infratuzilmasini shakllantirishda muhim qadamdir.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA