Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston delegatsiyasi Samarqandda
16:49 / 2022-07-29

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy boshchiligidagi delegatsiya 29 iyul kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.  

Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismat Irgashev hamrohligida Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qildi. Jumladan, ayni paytda yangidan bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif chog‘ida buyuk muhaddis haqiga Qur’on tilovat qilindi.  

Mehmonlarga majmuada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘n ming kishilik yangi masjid, majmuada ziyoratchilar uchun yaratiladigan sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.  

Shundan so‘ng Amirxon Muttaqiy O‘rta Osiyodagi ilk masjid deb qaraladigan Hazrati Xizr masjidi, shuningdek, Xo‘ja Doniyor va Amir Temur maqbaralarini ziyorat qildi. Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasida ulug‘ ajdodlarimiz aql-zakovati mahsuli bo‘lgan tarixiy ashyolar va rasadxonani tomosha qildi.  

[gallery-8071]

G‘.HASANOV, 
A.ISROILOV (surat), O‘zA