English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani xorij matbuoti sahifalarida
16:00 / 2022-07-26

“Biz Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishining oldini olish va salbiy holatlarga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqani batamom uzish yo‘lida qat’iy iroda namoyon etib, keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz.

”Ushbu bayonot seshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev anjuman (“Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi - tahririyat) ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida keltirilgan, deb yozdi “RIA Novosti”.

Agentlik ta’kidlashicha, 100 dan ziyod xorijiy delegatsiya vakillari ishtirok etayotgani konferensiyaning xalqaro miqyosdagi o‘ta nufuzli tadbir ekanini ko‘rsatmoqda.

“RIA Novosti” mazkur anjumanga bag‘ishlangan yana bir axborotida Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiyning quyidagi so‘zlarini keltirgan: davlat o‘tgan 11 oy davomida xavfsizlik o‘rnatdi, xavfsizlik tashkilotini tuzdi va hukumatning asosiy muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ya oldi.

Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning yangi hukumati davlat muassasalari sobiq xodimlarini saqlab qolgan, xalqqa zarur davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etdi va ilk bor korrupsiya, qariyb, yo‘q qilingan.

S.Rahimov, O‘zA