Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari Islom Amirligini tan olishga chaqirdi
11:29 / 2025-09-09

Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy shanba kuni Kobulda bo‘lib o‘tgan “Investitsiya jalb qilish va Afg‘oniston energetika sektorini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada jahon hamjamiyatini afg‘on aktivlarini qaytarish va Islom Amirligini tan olishga chaqirdi. Bu haqda mahalliy rasmiy axborot agentligi xabar tarqatdi.

— Bugungi kunda Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida bo‘g‘in bo‘lishga intilmoqda, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr. — Jahon hamjamiyati muzlatilgan afg‘on aktivlarini qaytarishi va Islom Amirligini tan olishi kerak.

Dunyo ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy loyihalar amalga oshirishda mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Afg‘oniston muvozanatli siyosat olib boradi, mintaqadagi va boshqa barcha davlatlar bilan o‘zaro hurmatga asoslangan yaxshi munosabat o‘rnatishga intiladi. Hududimizdan hech bir mamlakat hech kimga qarshi foydalanishiga ruxsat berilmaydi. Bu amaldagi hukumatning qat’iy siyosati. Yurtimizga sarmoya kiritish uchun qulay shart-sharoit yaratilgan, mavjud ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda suv yordamida 24 000 megavattdan ortiq energiya ishlab chiqarish salohiyati bor. Hozir elektr energiyasi ta’minotining 80 foizi ichki manbalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, qisman Eron, Tojikiston va O‘zbekistondan import qilinadi.

S.Rahimov, O‘zA