French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston BMT BA sessiyasida ishtirok etadimi?
16:02 / 2024-08-13

Afg‘oniston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 79-sessiyasida ishtirok eta olmaydi, chunki amaldagi muvaqqat hukumatga hali tashkilotda alohida o‘rin berilmagan. Bu ma’lumotni Qatardagi Tolibon siyosiy byurosi rahbari Suhayl Shohin tasdiqladi.

Ishonch yorliqlari qo‘mitasi o‘tgan yil dekabr oyi boshida mamlakatning BMTdagi doimiy vakolatxonasida avvalgi hukumat tomonidan tayinlangan Afg‘oniston bo‘yicha komissar Nosir Ahmad Foiqning o‘rnini saqlab qolgan holda, hozirgi hukumatga o‘rin ajratish qarorini keyinga qoldirgan edi. Kobulning amaldagi rasmiylari qo‘mitaning bu qarorini noqonuniy hisoblamoqda.

– Biz ishtirok etish (BMT BA sessiyasida - tahririyat)ni xohlaymiz va bu bizning huquqimiz, — dedi Shohin – Ishonch yorliqlari qo‘mitasidan BMTdagi o‘rnini Afg‘oniston Islom Amirligi hukumatiga topshirishni talab qilamiz. Bu juda muhim. Xorijiy qo‘shinlar mamlakatdan olib chiqib ketilgandan so‘ng, uch yil o‘tib ham hali bizga yo‘l ochilmadi.

2021 yil avgust oyi boshida afg‘on hukumati kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirgan Tolibon harakati 15 avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasiga urush tugaganini e’lon qildi. Keyingi ikki hafta davomida Amerika harbiylari nazoratidagi aeroportdan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilayotgan afg‘onlar ommaviy ravishda evakuatsiya qilindi. 31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, mamlakatdagi qariyb 20 yillik faoliyatini yakunladi. Sentyabr oyi boshida Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi.