English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘on xalqiga gumanitar yordam
12:38 / 2021-12-16

Ayni damlarda “O‘zbekko‘mir” AJning “Angren" ko‘mir konidagi tayyor mahsulot punktidan qo‘shni Afg‘oniston Respublikasiga yuborilayotgan so‘nggi vagonlarga ko‘mir yuklanmoqda.

Shu kunlarda O‘zbekistondan Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, kiyim-kechak va boshqa kundalik zarur mahsulotlarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordam yuklari jo‘natilmoqda.

“O‘zbekko‘mir” AJ ham ushbu xayrli ishga bosh qo‘shdi. Kecha kechga yaqin jamiyatning tayyor mahsulot punktidan ko‘mir yuklash boshlandi. Ayni damlarda ajratilgan 40 vagonning so‘nggisiga mahsulot yuklanmoqda. Hademay ushbu ko‘mir esheloni Afg‘oniston tomon yo‘l oladi.

Angren konchilari Afg‘onistonga 2 760 tonna qattiq yoqilg‘ini gumanitar yordam sifatida jo‘natmoqda. Ushbu mahsulot ijtimoiy himoyaga muhtoj afg‘on oilalariga mo‘ljallangan.

 

Nasiba Ziyodullayeva

tayyorladi, O‘zA