Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘on oltinini Surxondaryoda qayta ishlash boshlandi
10:22 / 2026-01-21

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasidagi “Termiz Gold Production” mas’uliyati cheklangan jamiyatining zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasida Afg‘oniston hududidan olib kelingan oltin xom ashyosini qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i I. G‘ulomov korxona rahbarlari va Afg‘onistonning oltin qazib oluvchi korxonasi vakillari bilan uchrashib, xom ashyoni bojxonada qayta ishlash rejimiga joylashtirish va uning afzalliklari haqida fikr almashdi. Shuningdek, hududiy sanoat salohiyatini oshirib, zargarlik sanoatini rivojlantirish va eksport hajmini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimligi va Bojxona qo‘mitasi rahbariyati tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha shu paytgacha Afg‘onistondan tranzit yo‘li bilan boshqa davlatlarga olib o‘tilgan oltin xomashyosini Surxondaryo viloyati bojxona hududida qayta ishlash rejimi asosida qayta ishlab, yarim tayyor zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot sifatida eksportga yo‘naltirish uchun qulay muhit shakllantirdi. Vohaning investitsion jozibadorligini oshirib, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va hududda yuqori qo‘shimcha qiymat yaratishga ham xizmat qiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida 2,9 million dollar qiymatidagi 20 kilogramm oltin xom ashyosi qayta ishlashga yo‘naltirildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri