Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘on diplomati: mamlakatda 21 terrorchi guruh faoliyat yuritmoqda
13:46 / 2023-08-17

Hozir Afg‘oniston hududida yigirmadan ziyod terror guruhi faoliyat olib boryapti, ayni holat mintaqaga xavf solmoqda. Bu fikr Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi, Tolibon hukumatga kelishidan avval ushbu lavozimga tayinlangan Muhammad Zohir Agborga tegishli.

U “Aziya plyus” nashriga intervyusida, jumladan, shunday degan:

- Afg‘onistonning turli hududlarida 21 terror guruhi mavjudligi mintaqa va dunyo uchun jiddiy xatar tug‘dirmoqda. Texnikumlar yopilishi, jihodiy madrasalar ochilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu hazil gap emas, muammolar jiddiy oqibat keltirib chiqaradi.

Diplomat ta’kidlashicha, ikki yil avval Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan Tolibon harakati “yaxlit hukumat tuza olmagan va buning uddasidan chiqa olmaydi ham.

Yanvar oyida “The Independent Persian” gazetasi Tolibon hukumati Tashqi ishlar vazirligi qarori bilan Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbor lavozimidan chetlatilganini yozgan edi.  Shundan so‘ng elchining o‘zi Dushanbedagi faoliyati davom etayotgani to‘g‘risida bayonot bergan.