Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afgʻonistonlik energetiklar yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etmoqda
13:37 / 2020-04-03

Koʻpchilikka maʼlumki, Oʻzbekiston elektr energiya umumtizimi import amaliyoti bilan bir qatorda qoʻshni Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini ham amalga oshiradi.


Koʻpchilikka maʼlumki, Oʻzbekiston elektr energiya umumtizimi import amaliyoti bilan bir qatorda qoʻshni Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini ham amalga oshiradi.

Energetika borasidagi hamkorlik Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan qoʻshnichilik aloqalarini yaxshilash, qoʻshni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida barcha maʼlumotlar jamoatchilik eʼtiboriga havola etilmoqda. 2020-yil 2-aprel kuni tungi soat 22:15 da Afgʻoniston energotizimi isteʼmoli 450 mVt.dan “nol” qiymatgacha kamaydi. Oʻzbekiston hududida joylashgan va Afgʻonistonga elektr energiyasini uzatib beruvchi 220 kV.li havo tarmoqlarida avariya holati yuz bermagan. Soat 22:30da eksport amaliyotining maʼlum qismi tiklanib, 50 MVtni tashkil etdi va hozirgi paytda havo tarmoqlari ushbu yuklama bilan ishlamoqda.

“Da Afghanistan Breshna Sherkat”dan olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, Afgʻoniston hududida havo tarmogʻi tayanch ustunlari shikastlangan va ayni paytda afgʻonistonlik energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

“Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati