Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afgʻonistonda Tolibonlarning 400 nafar jangarisini ozodlikka chiqarish jarayoni boshlandi
16:48 / 2020-08-14

Afgʻoniston teleradio kompaniyasi bu boradagi muzokaralar 16-avgustdan boshlanishini maʼlum qildi.


Kuni kecha 80 nafar “Tolibon” harakati aʼzosi ozodlikka chiqarildi, deb xabar tarqatdi Afgʻoniston Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi idorasi.

Dushanba kuni “Tolo News” telekanali prezident saroyi manbasiga tayanib, Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani 400 nafar tolibonni ozod etish haqidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi.

9-avgust, yakshanba kuni Afgʻoniston xalq vakilligi - Loyya Jirgʻa “Tolibon” harakatining 400 nafar jangarisini ozod etish haqida qaror qabul qilganini bildirgan edi. Keyinroq Afgʻoniston teleradio kompaniyasi bu boradagi muzokaralar 16-avgustdan boshlanishini maʼlum qildi.