Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqboli muhokama qilindi.
Oliy darajadagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Afgʻoniston tashqi ishlar idorasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yoʻlidagi faol qoʻllab-quvvatlashi hamda saʼy-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar barcha sohalardagi koʻp qirrali hamkorlik yuqori surʼatda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Afgʻoniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.