Afgʻoniston boʻyicha videokonferensiya toʻgʻrisida
Bu haqda mamlakatimiz TIV matbuot xizmati maʼlum qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi Afgʻoniston boʻyicha onlayn-konferensiya ishida ishtirok etdi. Bu haqda mamlakatimiz TIV matbuot xizmati maʼlum qilgan.
Tadbirda xorijiy davlatlarning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari, xalqaro tashkilotlar va Qobulda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Anjumanda Afgʻoniston inqirozini hal qilish va boʻlajak Jirgʻa maslahatiga alohida urgʻu berib, afgʻonlararo tinch muzokarani tezroq boshlash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar muhokama qilindi.
Afgʻoniston tashqi siyosat idorasi rahbari vazifasini bajaruvchi Hanif Atmar Afgʻonistondagi siyosiy jarayonga yordam bergani va koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlagani uchun qator davlatlarga, jumladan Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Mamlakatda zoʻravonlik darajasini tezroq kamaytirish muhimligi, shuningdek, afgʻon xalqining siyosiy jarayonda muhim roli qayd etildi.
Afgʻonistonda afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun har tomonlama yordam berish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.