Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afgʻoniston bilan hamkorlik koʻlami kengayadi
22:53 / 2020-08-28

Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, Afgʻonistonda energetika, temir yoʻllar qurilishi, savdo va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqboli muhokama qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Oʻzbekistonda tashrif bilan boʻlib turgan Afgʻoniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Xorijiy delegatsiya tarkibida, shuningdek, AIR Prezidenti maʼmuriyati, Transport vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi, Markaziy Bankg rahbarlari ham qatnashdi.

Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, Afgʻonistonda energetika, temir yoʻllar qurilishi, savdo va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqboli muhokama qilindi.

“Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini jadallashtirish va tegishli bitim loyihasi ustida ishlash, Xalqaro avtotransport boʻyicha bitim loyihasini imzolashga tayyorlash doirasida ekspert muzokaralarini oʻtkazish masalalari ham diqqat markazida boʻldi.

Temir yoʻl transporti sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali transport yoʻlaklarini rivojlantirishda hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo aylanmasini oshirish, jumladan, transchegaraviy savdoni kengaytirish va ikkala mamlakat bozoriga xaridorgir qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish maqsadida tegishli infratuzilmani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama kelishuvlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan barcha masalalarni tezkor hal etish maqsadida muntazam aloqalar mexanizmini joriy etishga ham kelishib olindi.

Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashuvi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuv yakunida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Afgʻonistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi oʻrtasida 10 yil muddatga elektr energiyasi yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi.