Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Aeroflot» aviakompaniyasi parvozi 6 soatga kechiktirildi
13:44 / 2024-02-08

“Toshkent” xalqaro aeroportidan Moskvaga uchishi kerak bo‘lgan «Aeroflot» aviakompaniyasining SU1871 parvozi texnik sabablarga ko‘ra ma’lum muddatga kechiktirildi.

Ayni paytda parvozning kechikish vaqti 6 soatdan ko‘proqni tashkil etmoqda. Uzbekistan Airports aviakompaniyasi ma’lum qilishicha, mazkur reys bo‘yicha parvoz qilayotgan barcha yo‘lovchilar aviakompaniya tomonidan  mehmonxonalarga  joylashtirildi va aeroportdan vaqtinchalik  joyga yetkazildi.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA