Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Advokatura institutini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etiladi
18:02 / 2022-05-16

Toshkent davlat yuridik universitetida “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tashabbusi bilan advokatura institutini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjuman advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish hamda advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish masalalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida o‘rganish, tahlil qilish hamda tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilmoqda. 

Konferensiya doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolanadi. O‘zbek, rus va ingliz tillari o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya 18 may kuni universitetda bo‘lib o‘tadi.  

Tashkilotchilar tomonidan konferensiya materiallari to‘plamini chop etish rejalashtirilgan. Anjumanga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar hamda amaliyotchilar maqola va tezislar topshirishi mumkin. Maqola va tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrirdan o‘tmagan, talablar bo‘yicha yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi. 

Quyida ilmiy-amaliy konferensiyaga taqdim etiladigan maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar berilgan: 

– maqola va tezislar ilmiy-amaliy konferensiya yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, imloviy xatolarsiz, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim; 

– materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;  

– maqola va tezislar matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda o‘rtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, muallifning telefon raqami, elektron manzili yoziladi. 

O‘zA