French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Advokatlar faoliyati yanada takomillashtirilmoqda
12:03 / 2025-08-15

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan hamkorlikda advokatlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Olimlar, advokatlar, Adliya vazirligi, prokuratura, sud va tergov organlari vakillari ishtirokida o‘tgan muloqotda advokatlarning ish jarayonida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda advokatura institutini takomillashtirish, uning huquqiy poydevorini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar bu sohada tub islohotlarni boshlab berdi. Mazkur sohadagi jadal islohotlar natijasida yurtimizda advokatura fuqarolar va tashkilotlarga malakali yuridik yordam ko‘rsata oladigan, ijtimoiy ahamiyatli — maxsus huquq layoqatiga ega institut sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.

— Har bir insonning o‘z huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishi, himoya qilishi uchun yuridik ko‘mak olishida advokatura institutining o‘rni katta. Demak, ular erkin faoliyat yuritishi uchun sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish juda muhim ahamiyatga ega, — dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dildora Kamolova. — “Advokatlik faoliyatining kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ayni shu maqsadda ishlab chiqildi. Ushbu hujjat advokatlarning ijtimoiy va mulkiy huquqlarini samarali ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Qonun loyihasida advokatlarning kasbiy faoliyatlarini amalga oshirishlariga sharoit yaratish maqsadida advokat so‘rovi bo‘yicha advokatning malakali yuridik yordam ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan axborotlar (hujjatlar)ni bepul olish imkoniyati kafolatlanmoqda.  

Uchrashuvda advokatlar faoliyatini yanada takomillashtirish va sohadagi ayrim to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA