Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:36 / 2025-12-22

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hay’atining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.