Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ADT Rossiyaning tashkilotdagi kuzatuvchi maqomini to‘xtatib qo‘yish uchun ovoz berdi
12:19 / 2022-04-22

Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) kengashi Ukrainadagi vaziyat tufayli payshanba kuni Rossiyani tashkilotga doimiy kuzatuvchi maqomidan mahrum etdi.

Ovoz berish jarayoni ADT saytida namoyish qilib borildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Vashington vaqti bilan soat 15:00 da boshlangan oqshomgi majlisda, ishtirokchilar “RFni ADTga doimiy kuzatuvchi maqomidan zudlik bilan to‘xtatish” to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqqani aytiladi. Rezolyutsiyada ushbu qaror Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlarni to‘xtatib, qo‘shinlarini uning hududidan olib chiqib ketmagunicha  davom etishi nazarda tutilgan.

Xabarda mazkur hujjatni 25 ta davlat qo‘llab-quvvatlagani, hech bir mamlakat qarshi ovoz bermagani aytilmoqda.