Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adolatsiz «tonirovka» yoxud qachongacha fuqarolar sog‘lig‘ini pulga sotib olishadi?
15:10 / 2021-09-16

Garchi bugun hamma yerda «tonirovka arzonlashdi», degan shov-shuvli xabar tarqalgan bo‘lsa-da, bu «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining «tonirovka» masalasidagi g‘oyasi ijrosining bir qismi, xolos. Avtotransport vositalarining oynalarini qoraytirish borasidagi bunday o‘zgarish bizni qoniqtirmaydi. «Tonirovka» uchun yuqori miqdorda jarima qo‘llanilishiga «Adolat» partiyasi tomonidan bir necha bor e’tiroz bildirilib, xalqning ko‘nglidagi gaplar olib chiqilgan edi:

Haydovchilar: jaziramadan himoya qilinishimizga ruxsat beringlar

«Tonirovka», «snos», «daraxtkesarlar»: Bosh vazir o‘rinbosari deputatlarga nimalar to‘g‘risida ma’lumot berdi?

Noyob hodisa: siyosiy partiya Vazirlar Mahkamasiga qarshi chiqdi

Shunday jazirama issiqda «tonirovka» pulli... Shu adolatdanmi?!

Bu tabaqalashtirish emasmi?

Inson manfaatlari ustun bo‘lgan jamiyat kuchlidir

Ushbu masalaga partiya Siyosiy Kengashi raisi, Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov tomonidan ham munosabat bildirilib, «tonirovka» huquqbuzarlik emas, ehtiyoj bo‘lishiga qaramay, unga belgilangan jarima boshqa ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan huquqbuzarliklardan ancha ko‘pligiga diqqat qaratilgan edi:

Mavzuga doir barcha chiqishlarda «Adolat» SDP Ma’muriy javobgarlik kodeksida qayd etilgan jarimalarni qayta ko‘rib chiqish tarafdori bo‘lgan. Qolaversa, tashabbuslarimiz qisman bo‘lsada o‘z samarasini berayotganidan mamnunmiz.

Biz pullik «tonirovka» va u bo‘yicha jarimaga qarshimiz!

Adolatga zid normalar o‘z kuchini yo‘qotib, o‘rnini xalqchil me’yorlarga bo‘shatib berishi uchun kurashishda davom etamiz.

«Adolat» SDP Matbuot xizmati