O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholiga xolis axborotlarni yetkazib berish, jamoatchilik bilan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Sudyalar oliy maktabining mutasaddilari 2021 yildagi faoliyati yakunlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, sudyalar va sud tizimi xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yagona ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Sudyalar oliy maktabini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi jamiyatning strategik maqsadiga aylangan «adolatni qaror toptirish»ga qodir bo‘lgan sudyalar korpusini shakllantirishga ko‘maklashishdir.
bugungi kunda Oliy maktabda uchta yo‘nalishda:
- grant asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida bir yillik magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladigan sudyalik lavozimlarini egallash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
- davomiyligi ikki oy bo‘lgan, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash;
- davomiyligi ikki haftadan kam bo‘lmagan, sudyalar va sudlar apparati xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Таълим jarayonida eskirgan o‘quv-uslubiy yondashuvdan voz kechilib, o‘quv jarayoni bilan huquqni qo‘llash амалиётининг uzviy bog‘liqligi taъминланиб, eng muhimi, tinglovchilarning qaror qabul qilishda ijodiy yondashuvi shakllanishiga alohida аҳамият qaratilmoqda.
Shuningdek, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va sud маъмуриятчилигини yuritish ko‘nikmalarini egaллашga, ish va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va uslublarini o‘zlashtirishga qaratilgan yondashuvlar e’tiborga olinib mavzular qo‘yiladi.
Masalan, psixologik holatni nazorat qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun «Stress va stressni keltirib chiqaruvchi holatlarni boshqarish», «Konfliktologiya. Nizolarning kelib chiqishi,ish jarayonida nizolarni hal qilishning samarali usullari», «Taym-menejment. Vaqtni boshqarish, ish jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil etish» kabi dars mashg‘ulotlari olib boriladi.2021/2022 o‘quv yilida magistratura o‘quv kursining barcha ixtisosliklariga «Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari» va «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» kabi yangi o‘quv dasturlari kiritildi.
Oliy maktab magistraturasiga qabul faqat oliy yuridik ma’lumotga ega 34 yoshdan kichik bo‘lmagan yetti yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotasi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadi.
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi va ularga sudya yordamchisining bir oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida stipendiya to‘lanadi. Biroq, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘qish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar o‘qish davrida olingan stipendiya summasini O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga to‘liq miqdorda qoplab beradi.
Mamlakatimizdagi mavjud sudlardan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, iqtisodiy huquq va ma’muriy huquq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladi.
Ayni paytda quyidagi 6 ta kafedra faoliyat yuritmoqda:
- «Fuqarolik huquqi» kafedrasi;
- «Jinoyat huquqi»kafedrasi;
- “Iqtisodiy huquq» kafedrasi;
- «Ma’muriy huquq» kafedrasi;
- «Kasbiy ko‘nikmalar» kafedrasi;
- «Inson huquqlari va xalqaro huquq» kafedrasi.
Sudyalar oliy maktabida 13 nafar ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 5 nafari yuridik fanlar doktori (3 nafari professor, 1 nafari dotsent), 8 nafari yuridik fanlar nomzodi (3 nafari dotsent) hisoblanadi. Oliy maktabning 14 nafar xodimi ilgari sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan.
Shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni 10 nafarni tashkil etib, mavjud shtat doirasida 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra pedagog-xodimlari bilan birgalikda, dars mashg‘ulotlariga mehnatga haq to‘lashning soatbay shartlari asosida sud tizimi va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan, ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan 48 nafar malakali mutaxassislar (12 nafari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, 22 nafari sudya, 14 nafari sud va boshqa soha mutaxassislari) jalb qilingan.
Oliy maktabda magistratura ta’lim dasturi 30 hafta nazariy va amaliy ta’lim, 16 hafta stajirovka va attestatsiya, 4 hafta ta’tildan iborat bo‘lib, jami 1080 soatni tashkil qiladi. Magistratura kursining o‘quv dasturida o‘quv mashg‘ulotlarining 33 foizi nazariy bilimlarga, 67 foizi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.Magistratura kursi mutaxassislik fanlari o‘quv dasturining mavzulari sud statistikasini o‘rgangan holda sud amaliyotidagi dolzarb muammolarni inobatga olgan holda shakllantirilgan.
O‘zA