Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adolatli jamiyat insoniyat orzusi
18:04 / 2023-12-13

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, jamiyat va har bir fuqaro hayotiga ularni tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Adolatli jamiyat barpo etish azaldan insoniyatning asosiy orzularidan biri bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillarida o‘zbek milliy huquqiy tizimi tubdan shakllandi. Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan demokratik davlatning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari yaratildi, inson huquqlariga oid qonunlar tizimi barpo etildi. 1995 yil 23 fevral kuni MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda Ombudsman instituti joriy etildi. Milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning o‘z modeli, insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirildi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) parlament nazoratining sub’ektlaridan biri sifatida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan insonlarning huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatiga ega. So‘nggi besh yilda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, adolatni qaror toptirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilib, qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shuningdek, u parlamentning ijro hokimiyati, ayniqsa, uning o‘rta va quyi bo‘g‘ini faoliyati ustidan parlament nazoratining ta’sirchan vositasidir. 

Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatini himoya qilish, aslida Konstitutsiyamizda ifodalangan ushbu qadriyatlarga har bir fuqaro tomonidan hurmat bilan qaralishida, jamiyat va yurt osoyishtaligi uchun mas’ullik bilan yondashishda hamda o‘zgalarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmay yashashda ko‘rinadi. Ma’lumki, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Ombudsman institutining roli beqiyos. O‘zbekistonda inson qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida baholanadi. Bu boradagi islohotlar jahon hamjamiyati e’tiborini jalb etmoqda. Insonparvarlik – bu inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.

Inson qadri ulug‘vor, keng, mazmun-mohiyati ulkan tushuncha. Inson bu dunyoda o‘z qadriga ega bo‘lib yashagandagina to‘laqonli hayot kechiradi, inson bo‘lib yashaydi. Ombudsman institutining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish, Ombudsman faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini va hududlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilinib, 2022 yilning 1 yanvaridan joylarda mintaqaviy vakillar faoliyati yo‘lga quyildi. 

Ta’kidlash joizki, 2023 yilning o‘tgan davrida Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga 150 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi. Hududlarda Ombudsman vakillarining doimiy asosda ishlashi murojaatlarni poytaxtga bormasdan joyiga chiqib o‘rganish imkoniyatini beradi. Qolaversa, joylarda sayyor qabullar tashkil etib, aholini qiynayotgan muammolari o‘rganilmoqda. Mintaqaviy vakillar muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lardagi murojaatlarni ham o‘rganishadi. Ushbu qutilar mahkum va mahbuslar murojaat tashlashi uchun qulay joylarga o‘rnatiladi va ularni faqatgina Ombudsman vakili ochish huquqiga ega. Joriy yilning 11 oyi davomida Sirdaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga 40 marotaba monitoring tashrifi amalga oshirilib, 50 dan ziyod mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. 

Aytish mumkinki, hududlarda Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi fuqarolarning markazga kelish vaqti va ortiqcha mablag‘ sarflashi, murojaatlarni tezlik bilan joyiga chiqib o‘rganish, monitoring tashriflari qamrovini kengaytirish, inson huquqlarini ta’minlash jarayonlarini yanada jadallashtirish imkonini berdi. 

Shuhrat Alimov, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili

O‘zA