Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adolatli jamiyat g‘oyasi azaldan ijtimoiy tafakkur diqqat markazida bo‘lgan
11:00 / 2023-02-01

Axborot jamiyati, global siyosiy-ijtimoiy tendensiyalar, eksponensial taraqqiyot, barcha sohalarda innovatsiyalarni joriy qilish – zamonaviy menejment – ijtimoiy boshqaruv tizimi oldiga ham yangi talablarni qo‘ymoqda.

Mazkur kontekstda innovatsion tafakkurga ega, tashabbuskor, xarizmatik rahbarlarni tayyorlash tizimini yaratish yangilanayotgan O‘zbekistonning strategik vazifalaridan hisoblanadi.  

Adolatli boshqaruv, adolatli jamiyat g‘oyasi azaldan ijtimoiy tafakkur diqqat markazida bo‘lgan. Platon, Aristotel, Erazm Rotterdamskiy, Forobiy, Alisher Navoiy, Volter, Russo, Sharl Monteske, Jon Lokk, Nikollo Makkiavelli, Tommazo Kampanella, Tomas Gobbs, Maks Veber asarlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish, siyosiy iroda, hokimiyatni adolatli taqsimlash, rahbar ma’naviyati masalalari ilmiy-falsafiy talqin qilinadi.  

Zamonaviy korporatsiyalar boshqariladigan ijtimoiy tuzilma ekanligi e’tiborga olinsa, ular faoliyatini samarali tashkil qilmoq uchun korporativ boshqaruvning quyidagi eng muhim tamoyillarini tatbiq etish maqsadga muvofiqligi anglashiladi:  

strategik rejalashtirish;  

maqsad va vazifalarni aniq belgilash;  

to‘g‘ri va adolatli qarorlar qabul qilish;  

tizimli tahlil;  

HR-menejment;  

Collaboration (hamkorlik);  

taym-menejment;  

prioritetlarni to‘g‘ri tanlash;  

korporativ madaniyat;  

moliyaviy resurslarni to‘g‘ri taqsimlash;  

mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlash, umumiy strategik manfaatlar yo‘lida harakat qiluvchi kuchli jamoani shakllantirish; 

boshqaruv zamonaviy uslublarni, innovatsiyalarni tatbiq etish;  

har bir xodimning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishiga sharoit yaratish;  

kadrlar professionalizmi va kompetentligini rivojlantirish;  

kadrlar tarkibini tizimli yangilab, yoshartirib turish;  

korxona imijini shakllantirish;  

KPI (samaradorlikning bazaviy ko‘rsatkichlari)ni baholash.  

ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etish.  

Har bir tashkilotning samarali faoliyatida jamoa taqdiri uchun mas’uliyatni his etadigan, o‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, qat’iyatli, adolatparvar, xarizmatik liderlarning roli juda muhim.  

Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, hokimiyat bo‘linishi tamoyili nazariyotchilaridan biri Jon Lokk davlatning kelib chiqishini barcha fuqarolarning roziligi bilan tuzilgan o‘zaro kelishuv faraziga asoslaydi, umumiy erkinlik, rahbar adolatparvarligi, insonlar cheksiz hokimiyatning o‘zboshimchalik va injiqligiga emas, faqat qonunlarga bo‘ysunishi, despotizm holatida har kim o‘z huquqini himoya qilish erkinligining buzilishi, suveren huquqlar muammolarini tahlil qiladi.  

Zamonaviy rahbarning muhim kompetensiyalar matritsasiga quyidagilar kiradi:  

liderlik;  

self-menejment;  

konflikt-menejment, nizolarni boshqarish;  

insonlarni tinglay olish;  

tizimli fikrlash;  

muloqot kompetensiyalari;  

g‘oyalar generatsiyasi;  

analitik ko‘nikmalar;  

siyosiy-huquqiy bilimlar;  

ma’naviy-axloqiy bilimlar;  

mas’uliyatni zimmasiga ola bilish;  

prognozlash;  

mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlash;  

shaxsiy xarizma;  

siyosiy iroda;  

intuitsiya.  

Boshqaruvda rahbarning shaxsiy fazilatlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqalarga ta’sir ko‘rsata olish siyosiy iroda, ijtimoiy intellekt, ma’naviy-axloqiy bilimlarni talab qiladi.  

Shu o‘rinda ulug‘ sohibqiron, markazlashgan davlat asoschisi, taktik va strategik bilimlar sohibi Amir Temurning boshqaruvga oid fikrlarini keltirish joiz:  

“Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.  

Men sifatlarimning eng avvalgisi deb beg‘arazlikni tushundim. Hammaga bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmadim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim.  

Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonlariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim”.  

Mamlakatimizda davlat xizmati tizimini takomillashtirish sohasidagi ma’muriy islohotlarning samaradorligi rahbarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, professional kompetensiyalari, shaxsiy fazilatlari va manfaatlarining davlat manfaatlari bilan uyg‘unligiga bog‘liq.  

Ijtimoiy-ma’naviy barqaror korporativ muhitni yaratishda menejment, andragogika, ijtimoiy pedagogika, boshqaruv psixologiyasi uslublaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Haqiqiy yutuqqa erishish uchun qadriyatlarni e’lon qilish yetarli emas, ularni korporativ boshqaruvga izchil tatbiq etish zarur.  

 

Mohira XOLIQOVA,  

Toshkent shahar pedagoglarni  

yangi metodikalarga o‘rgatish  

milliy markazi direktori,  

falsafa doktori, dotsent