“Adolat” SDPdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Malohat Musayeva Andijon tumanida saylovchilar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi.
Ta’kidlanganidek, nomzod saylovoldi dasturida jamiyatimiz hayoti bilan bog‘liq to‘qqizta yo‘nalishdan iborat dolzarb vazifalar belgilangan. Partiyaning bosh maqsadi – huquqiy davlat barpo etish, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish ekanligidan kelib chiqib, ayni shu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilgan.
- Aholini ijtimoiy himoyalash bilan bog‘liq vazifalar jamoatchilikda qiziqish uyg‘otmoqda, - deydi xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi deputati Zarifa Yoqubova. - Chindan ham yollanma va mavsumiy ishchilarga keng sharoitlar yaratish, ularning mehnati qadrlanishi va muhofaza qilinishi, mehnatiga yarasha haq olishi, mehnat stajiga qo‘shilishi juda o‘rinli. Bu ularni kelajakda munosib pensiya olishiga zamin bo‘ladi.
[gallery-12311]
Tadbirda so‘z olganlar saylovoldi dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Shu yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida har bir fuqaro o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish zarurligi aytib o‘tildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA