Adolatga tikilgan ko‘zlar o‘yiladimi?
Yevropada eronlik olim Hiloh Dutagiy tuhmat kampaniyasi ortidan ishdan bo‘shatilgani aytilmoqda. Yuridik fakultet dotsentining faoliyati G‘azo genotsidini qoralagani va Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun YeI huquq maktabi tomonidan to‘xtatilgan.
Shundan so‘ng taniqli olimni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab akademiklar, turli media tashkilotlari, siyosiy va madaniy faollar qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
“Huquq va siyosiy iqtisod” loyihasi direktori o‘rinbosari Dutagiyni 28 mart kuni Isroil nashri “terrorchi” deya noto‘g‘ri yorliqlab, uning kampusga kirishi taqiqlangan edi. Uning o‘zi ishlashi man etilishini Falastin bo‘yicha pozitsiyasi uchun qasos harakati, so‘z va akademik erkinlikka nisbatan konstitutsiyaviy huquqi buzilishi sifatida qoraladi.
Olim qo‘llab-quvvatlangan bayonotda “ayni jarayon tajovuzkor kuchlar faoliyatini qonuniylashtirishi, adolat tamoyiliga putur yetkazishi” ta’kidlangan.
Musulmon Ziyo, O‘zA