Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adolat va insonparvarlik sari qadam
12:15 / 2025-06-13

Yillar davomida nogironlikni belgilash tizimi bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar bildirilgan, bu yo‘nalishdagi tartib va jarayonlar fuqarolarga ko‘plab noqulayliklar tug‘dirib kelgan edi.

– Bugunda davlat rahbarining tashabbusi bilan bu boradagi muammolarga barham berilmoqdaPrezidentning qarori asosida nogironlikni belgilash tartibi tubdan yangilanib, inson salomatligi va holatini baholashda zamonaviy, insonparvar yondashuv joriy qilindi. Endilikda nogironlikni belgilash jarayoni uchta yo‘l orqali bajariladi. Ya’ni, my.gov.uz portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda ijtimoiy xodimlar yordamida, oilaviy shifokorga murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Umarov

Yangi tartibning ustun jihati nogironlik endilikda faqat tibbiy hujjatlar asosida emas, balki fuqaroning funksional imkoniyatlari va amaldagi sog‘lig‘i holati asosida baholanadi. Qaror esa aynan shu kunning o‘zida elektron shaklda qabul qilinadi.

– Avvallari nogironlik guruhiga chiqish juda qiyin edi, – deydi 2-guruh nogironi Mavluda Ataqulova. – O‘ntalab hujjat yig‘ish, navbat kutish, shifokor qabulida soatlab qolish kasal tugul, sog‘ odamni ham holdan toydirardi. Endi esa ijtimoiy xodim o‘zi uyga keladi, hujjatlar osonlik bilan yig‘iladi. Telefonimizga xabar kelib, qachon va qayerga borishimizni bildiradi. Juda qulay va odilona tizim yaratilganiga minnatdorman.

Ushbu islohotlar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nafaqat qulaylik, balki adolat, ochiqlik va hurmat asosida yondashuvni kafolatlaydi. Bu inson salomatligi va qadr-qimmatini e’tirof etish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.