Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adolat” SDP yollanma ishchilarning mehnati ish stajiga qo‘shilishini taklif etmoqda
11:56 / 2024-10-22

Aholining ish bilan bandligi, mehnat huquqlarining mustahkam himoya qilinishi fuqarolarning manfaatlariga, daromadlari oshishiga xizmat qiladi.

“Adolat” SDP kelgusi besh yillik faoliyati davomida fuqarolarni ish bilan ta’minlash, xodimlarning mehnat huquqlari muhofazasini kuchaytirishni o‘zining eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidlamoqda.  

Partiyaning yangi Saylovoldi dasturida bu borada oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun «Kafolatlangan birinchi ish joyi» loyihasini amalga oshirish, yollanma ishchi fuqarolarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, yollanib ishlagan davri ularning mehnati ish stajiga qo‘shilishini belgilash kabi maqsad-vazifalar o‘rin olgan.  

Shuningdek, partiya mehnat migrantlari huquqlarini har tomonlama himoya qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo‘lishini tashkil etishga ko‘maklashish niyatida.  

“Adolat” SDP urush, mehnat, Qurolli Kuchlar, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizligi va boshqa xizmatlar faxriylarining maqomini belgilash va ularning huquqlarini kafolatlash maqsadida «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqish tarafdoridir.  

Saylov kuni yaqinlashib, saylovoldi tashviqoti muddati oxirlab borayotgan ayni kunlarda partiya tashkilotlari va nomzodlar bu kabi dasturiy maqsad-vazifalar mohiyatini keng targ‘ib etishga, saylovchilarga tushuntirishga faollik bilan harakat qilmoqda.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA