Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi saylovda ovoz berdi
10:47 / 2024-10-27

Bugun soat 08:00 dan boshlab mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 21-saylov uchastkasida "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova o‘z fuqarolik burchini ado etib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. 

Robaxon Mahmudova saylovlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning huquqi va mas’uliyati bo‘lib, mamlakatimiz kelajagini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.  

Hozirda mazkur saylov uchastkasida jarayon qizg‘in davom etmoqda, yurtdoshlarimiz o‘z saylash huquqidan foydalanib, tanlovlarini faol amalga oshirayotgani quvonarli.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA