Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adolat – qonun ustuvorligida” tanlovi gʻoliblari ichida OʻzA muxbiri ham bor
15:02 / 2023-06-27

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida “Adolat – qonun ustuvorligida” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oliy sud tomonidan tashkil etib kelinayotgan mazkur tanlov aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ommaviy axborot vositalarida sud-huquq sohasidagi islohotlar keng yoritilishini taʼminlashga qaratilgan. 

Shu bilan birga, odil sudlovni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aholi va keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha qonun talablari doirasida faol ishlayotgan jurnalistlar, blogerlar, sudya va sud xodimlari, huquqshunoslar va boshqa ijodkorlarni ragʻbatlantirish tanlov maqsadi hisoblanadi. 

Oliy sud raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov sud ishlarining ochiq-oshkora koʻrilishi adolat taʼminlanishida muhim oʻrin tutishini qayd etdi. Shu maqsadda Oʻzbekiston sud tizimida tub oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jamoatchilikni qiziqtirgan ayrim sud ishlari onlayn translyatsiya ham qilinmoqda. Tizimda ochiqlik yoʻlga qoʻyilganidan keyin sud qarorlari ustidan shikoyat qilish holatlari ham keskin kamaydi. 

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA Bosh direktori Abdusaid Koʻchimov, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja keyingi olti yilda Oʻzbekiston axborot makonida soʻz erkinligini taʼminlashga qaratilgan muhim qadamlar qoʻyilganiga eʼtibor qaratdi. Sohalar, xususan sud tizimi faoliyati boʻyicha ham xalqni xabardor qilishga urgʻu berildi. Ilgari xalqdan uzoq tutilgani uchun bu sohaga xalqning ishonchi yoʻqolgan edi. Endilikda sud raislari, sudyalarning xalq bilan bevosita muloqot qila boshlagani, sud faoliyati, sud majlislaridan odamlar ommaviy axborot vositalari orqali xabardor boʻlayotgani sabab aholining sudga, aynan adolatga boʻlgan ishonchi tiklana boshladi. 

[gallery-12518]

USAID vakillari Oʻzbekistonda odil sudlov va adolat yoʻlida muhim ishlar qilinayotganini qayd etdi. Sud tizimiga jamoatchilikning ishonchini oshirish, albatta, jurnalistlar bilan birga amalga oshiriladi. Aynan shu yoʻnalishda hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz. Ilgari matbuot kotiblari bilan seminarlar oʻtkazganmiz. 20 nafar jurnalist va blogerlar gender tenglik boʻyicha oʻqitildi. Sud jarayonlarini yoritishning oʻziga xos jihatlari boʻyicha OAV vakillariga koʻmak koʻrsatishni ham maqsad qilganmiz. Bugungi tanlov boʻyicha hamkorligimiz buning yaqqol namunasi. 

Tadbirda eʼtirof etilganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, sudlar faoliyatida ochiqlik, oshkoralik, qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash, xalqimizning sudlarga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda “East-West Management Institute” NNTning Oʻzbekistondagi filiali “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qoʻshma loyihasi hamkorligida oʻtkazilgan tanlovda besh nominatsiya boʻyicha 15 nafar ijodkor va jamoalarning ijodiy faoliyati mukofotga loyiq, deb topildi.

Xususan, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Norgul Abduraimova ham mazkur tanlov gʻolibi sifatida eʼtirof etildi. 

Shuningdek, nominatsiyalarda ragʻbatlantiruvchi mukofotga sazovor boʻlgan mustaqil jurnalist va blogerlar ham taqdirlandi. 

Norgul Abduraimova, Davron Ernazarov (foto), O‘zA