Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adolat qaror topishini istayman, xolos”: Oliy sud munosabat bildirdi
17:41 / 2019-10-16

O‘zA saytida 2019 yil 15 oktabr kuni fuqaro Sh.Shariprovning “Adolat qaror topishini istayman, xolos“ sarlavhasi ostida shikoyat maktubi e’lon qilingan edi.


O‘zA saytida 2019 yil 15 oktabr kuni fuqaro Sh.Shariprovning “Adolat qaror topishini istayman, xolos“ sarlavhasi ostida shikoyat maktubi e’lon qilingan edi.
Ushbu material yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi munosabat bildirib, quyidagilarni ma’lum qildi:

2016 yil 5 oktabrdagi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi hukmiga ko‘ra Shamsiddin Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan. Unga nisbatan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgaralik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida, ya’ni 19 536 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan va jarima davlat foydasiga undirilishi belgilangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2016 yil 27 oktabrdagi ajrimi bilan Sh. Sharipovga oid hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 2 bandi tatbiq etilib Sh. Sharipov tayinlangan asosiy jazodan ozod qilingan.

Fuqaro Sh. Sharipov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida berilgan shikoyatiga asosan 2019 yil 11 oktabr kuni ushbu shikoyatni jinoyat ishi materiallari bilan birga nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan. Bu haqda fuqaro Sh. Sharipovga 2019 yil 11 oktabrdagi 03-2167-19 raqamli xabar xati yuborilgan.

Ayni paytda Sh. Sharipovning jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun 2019 yil 18 oktabr kuniga tayinlangan.