Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adolat” deputatlari saylovchilar huzurida
16:37 / 2025-04-16

Samarqand viloyatida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari va deputatlari yurtimizda o‘tkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘z saylov okruglarida, tashkilot va muassasalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, mazkur illatga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Kenjayeva Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tashkil etilgan uchrashuvda mazkur ta’lim muassasalari jamoasi hamda hududdagi mahallalar faollariga yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

– Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, korrupsiyani yuzaga keltiradigan sabab va oqibatlarning oldini olishga biz deputatlar ham mas’ulmiz, – deydi N.Kenjayeva. – Kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali biz ham qonun ustuvorligini ta’minlashga hissa qo‘shishimiz mumkin. Qolaversa, aholining, keng jamoatchilikning faolligi, noqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan murosasizligi korrupsiyaning oldini olishning muhim omili hisoblanadi. Uchrashuvlarda ayni shu jihatlar xalqimizga tushuntirilmoqda.

Samarqand davlat chet tillari institutida o‘tkazilgan tadbirda esa partiya siyosiy kengashi va viloyat tashkiloti mas’ullari “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri aynan korrupsiyaga qarshi kurashish ekanligini ta’kidlab, bu borada olib borilayotgan ishlar, kelgusi vazifalarga to‘xtaldi. 

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri