Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliyadan qulaylik: Samarqandda "prava"ni bayram kunlari ham olish imkoni yo‘lga qo‘yilmoqda.
15:12 / 2023-03-15

Xabaringiz bor, 2010 yilgacha olingan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari joriy yilning 31 martiga qadar amal qiladi. Almashtirish uchun esa sanoqli kunlar qoldi, oldinda esa bayram va dam olish kunlari...

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida joriy yilning 18-19-20 hamda 22 mart kunlari faqat haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati ko‘rsatiladi. Fuqarolar ushbu sanalarda ham markazga tashrif buyurgan holda xizmatdan foydalanib, "prava"larini olishlari mumkin bo‘ladi.  

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xizmatlarni yanada sifatli taqdim etish maqsadida 2022 yilda barcha Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlarida to‘lovlarni amalga oshirishga moslashgan maxsus qurilmalarni ishga tushirgan edi. Ya’ni, yuqorida qayd etilgan sanalarda "prava"larini yangisiga almashtirish uchun murojaat qilganlar to‘lovlar borasida muammolarga duch kelmaydi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur qulaylik respublikadagi ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgan barcha DXMlarda yo‘lga qo‘yilmoqda.  

• 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

• 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

• 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;

• 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

 

O‘zA