Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligida NNT vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
15:21 / 2025-12-02

Adliya vazirligida Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda 40 nafarga yaqin NNT rahbarlari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Bu kabi ochiq muloqotlar barcha hududiy adliya boshqarmalarida ham o‘tkazildi. Asosiy maqsad –fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni samarali hal etish, fikr almashish, sohada mavjud islohotlarni muhokama etishdan iborat.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev fuqarolik jamiyati institutlari islohotlarning eng yaqin hamkoriga aylanib, har yili qabul qilinadigan davlat dasturlarining 350 ta bandi ijrosini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlar bevosita ishtirok etayotganini ta’kidladi.  

Yaratilayotgan qulay sharoitlar natijasida fuqarolar huquqini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda, ularda 70 mingga yaqin insonlar mehnat qilmoqda. 

Fuqarolarimizning davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda, so‘z erkinligi va oshkoralik tamoyillari hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimizda kuzatilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning jadal sur’atlari, o‘z navbatida, NNT hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini yanada oshirish, ularning faoliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligini taqozo etmoqda.  

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar qonunchilikdagi o‘zgarishlar, NNTlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar haqida fikr almashish bilan bir qatorda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Muloqot yakunida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hamda ijtimoiy foydali dasturlarni amalga oshirishda ko‘rsatgan tashabbuslari uchun NNT rahbarlari Adliya vazirligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

N.Abduraimova, O‘zA