Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligi Turkiya patent idorasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
14:08 / 2025-01-09

Adliya vazirligi xodimlari hamda Turkiya patent idorasi hamkorligida geografik ko‘rsatkichlarni ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, tijoratlashtirish va huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish maqsadida onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Adliya vazirligi xodimlari uchun geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash, ekspertizadan o‘tkazish, targ‘ib qilish, xalqaro tizimlar orqali ekspertizadan o‘tkazish va  huquqbuzarliklarning oldini olishga oid mavzular muhokama qilindi. 

Turkiya patent idorasi bilan kelgusida hamkorlikda seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.   

N.Abduraimova, O‘zA