French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligi tashabbus ko‘rsatdi
10:24 / 2025-06-17

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adliya sayli” tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, ayniqsa, yoshlarni adliya idoralari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish barobarida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratildi.

Namangan shahri adliya bo‘limi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari saylga kelgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berdi. Yuridik litsey o‘quvchi yoshlari esa huquqiy viktorinada faollik ko‘rsatdi. 

Davlat xizmatlari markazi hamda notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatilib, huquqiy adabiyotlar namoyish qilindi. Shu bilan birga, aholini huquqiy savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash va elektr energiyasi sohasiga doir buklet, flayerlar tarqatildi.

Qolaversa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Biz birgamiz”, “Maftunkor ranglar” ijtimoiy loyiha va xayriya aksiyalari tashkil etilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan yasalgan turli hunarmandlik buyumlari hamda san’at asarlari yarmarkasi uyushtirildi.

Shuningdek, joriy yilning 10 iyunidan 31 iyuliga qadar e’lon qilingan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

“Maftunkor ranglar jilosi” shiori ostida shahar va tumanlardan kelgan jismoniy imkoniyati cheklangan o‘g‘il-qizlar chizgan rasmlar tanlovi hamda huquqiy viktorina natijalari yuzasidan faol ishtirokchilar Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan munosib ravishda taqdirlandi. “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida to‘rt nafar fuqaroga muddati o‘tib qayd etilgan tug‘ilish guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.