Adliya vazirligi fuqarolarni vaqtinchalik notarial idora faoliyat yuritmasligi haqida ogohlantirdi
Shu sababli, joriy yilning 29-avgust kuni soat 19-00 dan 1-sentyabr kuni soat 19-00 ga qadar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ish faoliyati toʻxtatib turiladi.
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida kuzatilayotgan muammolarni hal qilish, tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan maʼlumotlarni yangi server qurilmalariga koʻchirish rejalashtirilmoqda.
Shu sababli, joriy yilning 29-avgust kuni soat 19-00 dan 1-sentyabr kuni soat 19-00 ga qadar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ish faoliyati toʻxtatib turiladi.
Notariuslardan ushbu holatni inobatga olib, shu kunlarda fuqarolarga qabul belgilamasligi, shuningdek, notarial idora faoliyat yuritmasligi toʻgʻrisida binoning kirish joyiga eʼlon joylashtirishi soʻraladi.
Adliya vazirligi