Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Ma’lumki, «Kiberxavfsizlik markazi» DUK davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanishi yuzasidan har chorakda reyting baholash o‘tkazib kelmoqda.
Reyting natijalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Kuni kecha 2022 yil II chorak yakuni bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Adliya vazirligi 97.3 ball bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari orasida 1-o‘rinni egallagan.
Shuningdek, kuchli uchlikdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasi o‘rin oldi.
M. Karimova, O‘zA