Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aholi bilan onlayn muloqot qiladi
22:55 / 2020-11-21

Adliya vazirligi faoliyatida ochiqlikni ta’minlayotgan, ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilayotgan davlat tashkilotlaridan.

Aholidan tushayotgan savollarga vazirlik mutaxassislari javob berishni yo‘lga qo‘yish bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yurtdoshlarimiz bilan turli mavzularda muloqot olib bormoqda. 

Bu safar Adliya vazirining o‘zi xalq bilan onlayn muloqot qiladi. 

Sizda huquqiy savollar bormi? Yoki huquqingizni himoya qilish yo‘llarini topa olmayapsizmi? 

Unda 2020 yil 25 noyabr kuni soat 11.00 da Adliya vaziri R.Davletov bilan onlayn muloqot qiling yoki savollaringizni vazirlik manzillariga yozib yuboring!

O‘zA