Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya tuman hokimligi ustidan sudga da’vo ariza kiritdi
23:42 / 2022-10-07

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi da’vogar – “Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i byurosi” unitar korxonasi manfaatini ko‘zlab Qo‘shrabot tuman hokimligi ustidan Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasida elektron-auksionda sotiladigan yer uchastkalari yuzasidan ishlab chiqilgan arxitektura va rejalashtirish topshirig‘i uchun tuman (shahar) hokimliklari tomonidan to‘lovlarni amalga oshirilishi holati so‘rov yo‘li bilan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida hokimlik 2021 yilda tumanda joylashgan 512 ta yer uchastkasi uchun ishlab chiqilgan arxitektura va rejalashtirish topshirig‘i yuzasidan 552 million 960 ming so‘mlik to‘lovni amalga oshirmagani aniqlandi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mazkur qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligiga 2021 yilning 28 dekabrida taqdimnoma kiritgan bo‘lsa-da, javobgar taqdimnoma ijrosini ta’minlamay, qonunchilik talablarini buzgan.

Sud taqdim etilgan hujjatlar va yuqoridagi holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 176-179, 186-moddalarini qo‘llab da’voni to‘liq qanoatlantirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

O‘zA