Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya taqdimnomalari asosida yuzga yaqin mas’ul shaxs ishdan bo‘shatildi
12:36 / 2023-05-06

Adliya idoralariga aholidan 31,6 ming murojaat tushgan va ularning 79 foizi qonuniy hal qilingan. Qonun buzilgani bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralarga 6 ming 269 taqdimnoma kiritilgan.

Ta’sir choralari natijasida 2 ming 282 nafar shaxs ma’muriy, 2 ming 648 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 98 nafar mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.  

Sudlarga 142,2 milliard so‘mlik 6 mingga yaqin da’vo arizasi  kiritilib, shundan 121,1 milliard so‘mlik da’volarni qanoatlantirish bo‘yicha qarorlar chiqarilgan.  

Adliya vazirligida joriy yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan hay’at majlisida yuqoridagi raqamlar keltirilib, tahlil qilindi.  

Adliya vaziri A.Toshqulov boshqargan majlis videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Vazirlik tashabbusi bilan 34  normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgani qayd etildi. 351  qonunchilik hujjati loyihasi huquqiy ekspertizadan, 37 idoraviy normativ-huquqiy hujjat esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 120 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tomonidan 3,2 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi.

Hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligi baholanib, baholash natijalariga ko‘ra Buxoro va Andijon viloyati adliya boshqarmalari yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Majlis davomida ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, Surxondaryo va Farg‘ona viloyati adliya boshqarmalari boshliqlarining yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha izohlari eshitildi.

Tadbir yakunida vazirlik oldida turgan vazifalarni to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, sohalar bo‘yicha ish faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

N.Abduraimova, O‘zA