English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya sohasiga oid murojaatlarning 90 foizdan ortig‘i qanoatlantirilgan
14:15 / 2022-08-26

Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida mahalliy jurnalistlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirokida “Ochiq adliya” dasturi doirasida Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan shu yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan hisobot davrida 8 ming 361 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 90 foizdan ortig‘i qanoatlantirilgan. O‘tgan 6 oy davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, inson huquqlarini himoya qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa sohalarda 341 ta monitoring hamda 196 ta o‘rganish o‘tkazilib, 29 ming 171 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ularni bartaraf etish maqsadida 1 ming 577 ta taqdimnoma, sudlarga jami 40,4 milliard so‘mlik 1 ming 341 ta da’vo arizasi kiritildi. Huquqbuzarlarga nisbatan 412 ta ma’muriy materiallar rasmiylashtirildi.

Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva yig‘ilganlarga vazirlik tomonidan tayyorlangan “Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va axloqiy omillar” nomli qo‘llanma haqida ma’lumot berib, tizimda jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish, jamiyatda huquqiy media-makon yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tafsiloti haqida to‘xtalib o‘tdi.

Viloyat adliya organlari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, OAV vakillarining fuqarolar huquqlari himoyasi, mehnat munosabatlarida xodimlar manfaatlari, yuridik xizmat va davlat xizmatlaridan foydalanish amaliyotiga oid savollariga adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Dadajonov javob berdi.

A.Musayev, O‘zA