Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya sohasidagi ishlar oshkora muhokama etildi
12:22 / 2025-11-20

Xovos tumanida adliya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, huquqiy targ‘ibot samaradorligi, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar bilan muloqotni yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqotni tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Elyor Amanbayev ochib, adliya organlarining yil boshidan buyongi asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Uning ma’lumot berishicha, 2025-yilning 9 oyi mobaynida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 1 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va tegishli xulosa tayyorlangan.

Shuningdek, YUXKM tomonidan yilning 3-choragi davomida jami 26 252 ta hujjat loyihasi o‘rganilib, ulardan 1 288 tasi rad etilgan, 8 tasiga esa qonunchilik talablariga mos kelmagani sababli salbiy xulosa berilgan.

Adliya bo‘limi huquqni qo‘llash sohasida ham izchil faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda 6 ta o‘rganish, 5 ta tahlil va 12 ta ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilgan. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan 15 ta taqdimnoma va 2 ta ogohnoma kiritilgan, 4 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

FHDYO organi faoliyati borasida ham ma’lumotlar berildi. Hisobot davrida 931 ta tug‘ilish (496 o‘g‘il, 435 qiz), 199 ta nikoh, 49 ta ajralish va 194 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan.  

Aholi murojaatlari bilan ishlash ham muloqotning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. 2025 yilning 9 oyida aholidan jami 12 913 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 9 456 tasi elektron shaklda qabul qilingan. Barcha murojaatlar o‘rganilib, belgilangan tartibda amaliy yechim berilgani qayd etildi.

Davlat xizmatlari sohasida ham samaradorlik yuksalgani ta’kidlandi. Joriy yil davomida 432 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 69 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Tadbir davomida jurnalistlar va blogerlar o‘z savollarini berib, adliya sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar olishdi.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri