Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya sayli: aksariyat murojaatlar ijobiy hal etildi
19:49 / 2022-05-10

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da aholini huquqiy ma’lumotlardan xabardor qilish, ularni ijtimoiy faol bo‘lishga chorlash, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni singdirish maqsadida barcha hududlarda “Adliya sayli” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Buxoro shahridagi Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbir ham viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida tashkil etildi. Unda fuqarolarning muammolarini eshitish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli huquqiy-amaliy yordam ko‘rsatish, joyida sayyor davlat xizmatlari, notarial harakatlar va FXDYO harakatlarini amalga oshirishga, oilaviy nizolar va ajrimlarni, ishsizlik va jinoyatchilikni oldini olish kabi ko‘plab masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va ularga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida oddiy tilda tushuntirishlar berish maqsadida har bir davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari bilan jihozlangan “Huquqiy axborot burchaklari” tashkil etildi.

[gallery-7035]

Tadbirda viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan iborat “Adolat qanotlari” klubi a’zolari tomonidan “Street law” loyihasi doirasida yoshlar va ayollarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, mehnat sohasidagi munosabatlar, mehnat migrantlariga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish tartibi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit va mikroqarzlar olish tartibi, kommunal sohadagi munosabatlar, aliment, uy-joy olish va yer ajratilishi tartibi, poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj kabi jinoyatlarning salbiy oqibatlarini namoyon etishga qaratilgan jami 1000 dan ortiq flayer, bukletlar fuqarolarga tarqatildi. Adliya vazirligining “Telegram” messenjeridagi huquqiy ma’lumotlarni tezkor yetkazuvchi “Huquqiy axborot” kanali, “Advicye” huquqiy portali hamda “Lex.uz” sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlar to‘g‘risidagi 200 dan ortiq targ‘ibot materiallari berildi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan oila, uy-joy, yer, soliq, bank, tadbirkorlikka oid, mehnat, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya, ta’lim, iste’molchilarning huquqlari va boshqa hayotiy muhim masalalar bo‘yicha tayyorlangan huquqiy qo‘llanmalar tarqatildi.

Fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqingizni bilasizmi?” viktorina o‘yini o‘tkazildi. Adliya xodimlari va “Madad” NNT hududiy byuro xodimlari tomonidan fuqarolarga mehnat, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik masalalari bo‘yicha fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, shahar hududida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan fuqaroga huquqiy maslahat berildi. 10 ta sayyor notarial harakatlar qayd etildi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 11 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, FXDYO bo‘limi xodimlari tomonidan nikohni qayd etish, tug‘ilganlik holatini qayd etish bo‘yicha 10 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA