Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adliya mahallada” aksiyasiga start berildi
14:47 / 2022-03-11

Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilish yuzasidan hududlarda “Adliya mahallada” aksiyasi e’lon qilindi.

Ushbu aksiya doirasida Toshkent shahar Bektemir tumanidagi “Zilola”, Mirzo Ulug‘bekdagi “Alpomish”, Miroboddagi “Sariko‘l”, Olmazordagi “Umid”, Yunusoboddagi “Umid”, “Yangiariq”, Sergelidagi “Bunyodobod”, Uchtepadagi “Xojiobod”, Chilonzordagi “3 Charx Kamolon”, Shayxontohurdagi “Katta Jarariq”, Yakkasaroydagi “Dilbuloq”, Yangihayotdagi “Binokor” hamda Yashnoboddagi “Iltifot” mahallalarida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilish yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuvlar hamda seminarlar o‘tkazildi. 

Ushbu seminarlar davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudlari sudyalari, Davlat xizmatlari agentligi, FHDYO xodimlari hamda notariuslar ishtirok etib, fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, xotin-qizlar huquqlari, qonunchilikdagi imtiyozlar hamda bir qator huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. 



Tadbir davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazilib, 260 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 20 dan ortiq murojaatlar joyida hal etildi hamda o‘rganish talab qilinadigan 35 dan ortiq murojaatlar adliya bo‘limlarining ish yurituvga qabul qilindi. 

Shuningdek, tadbirga kelgan fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, tibbiyot xodimlari tomonidan fuqarolarga maslahatlar berildi. 


D.Mamatova, O‘zA