English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya ko‘magida tadbirkorga 447 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi
10:19 / 2020-12-22

“Grand story servis Karmana” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari I. G‘aforov Karmana tumani adliya bo‘limiga Navoiy shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 447 million 242 ming so‘m mniqdoridagi qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Holat o‘rganilganda, jamiyat tomonidan Navoiy shahridagi 6-son MTTda 412 million 994 ming so‘m, 16-son MTTda esa 34 million 248 ming so‘mlik ta’mirlash ishlari og‘zaki shartnoma asosida amalga oshirilgan bo‘lsada, xizmat haqi to‘lab berilmagan.

– O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-moddasi, Byudjet kodeksining 122-moddasi va Oliy xo‘jalik sudi plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tadbirkor manfaatiga Karmana tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Mazkur qonun xujjatlarida pudrat shartnomasi tuzishda tomonlar huquqi va burchlari keltirib o‘tilgan, – dedi Karmana tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi Jamshid Hamroyev.

– Qurilishni kelishilgan talablar asosida tugatib berdik. Ishlarimizni buyurtmachilar dalolatnoma orqali qabul qildi. Hisob varaqalarimiz ham bor. Gap to‘lovga kelganda esa mablag‘ yo‘qligini aytishdi. Keyin adliya bo‘limiga murojaat qildik, ularga ming rahmat, qonuniy yo‘l bilan pulimizni undirib berishdi, – deydi MCHJ rahbari I.G‘aforov.

Ayni paytda tadbirkorga belgilangan mablag‘lar sud qaroriga binoan undirib berildi.

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA