Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya ko‘magida 1,7 milliard so‘m tadbirkor foydasiga hal etildi
12:01 / 2023-06-13

Mamlakat taraqqiyotida tadbirkorlik sub’ektlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosligi sabab kichik biznes rivojiga alohida e’tibor qaratilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan ishbilarmonlarning qonuniy manfaatlari himoya qilib kelinmoqda. Pop tumani adliya bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslar muammolarini bartaraf etishga doir masalalar o‘rganilib muammolar hal etilmoqda.  

Yaqinda “Globel financt-holding” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarining “Qamchiq avtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganidan norozi bo‘lib kelib tushgan murojaati atroflicha o‘rganildi. Aniqlanishicha, jamiyat va avto yo‘lsozlar o‘rtasida 2022 yil 17 iyunda o‘zaro pudrat shartnomasi tuzilgan. Bu hujjatga ko‘ra, MCHJ tomonidan jami 1 milliard 674 million 260 ming 509 so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilgan. Biroq, qarzdor tashkilot bajarilgan ishlar qabul qilib olgan bo‘lsa-da, qiymati hozirga qadar to‘lab berilmagan. Nizoni sudgacha hal etish uchun jamiyat tomonidan javobgarga qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan 2023 yil 1 fevralda talabnoma berilgan. Ammo talabnoma e’tiborsiz qoldirilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani adliya bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ekti manfaatlarini himoya qilib, buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan Chust tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ushbu iqtisodiy nizo ko‘rib chiqildi va da’vo qanoatlantirildi.  

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA