Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya idoralari tomonidan 31 ming 180 ta qonunbuzilish holati aniqlandi
14:35 / 2022-01-22

Andijonda viloyat Adliya boshqarmasining 2021 yil davomidagi faoliyati xamda joriy yil rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda mamlakatimizda adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Anjumanda Andijon viloyati adliya boshqarmasi va uning tuman, shahar tizimlarida o‘tgan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

- Boshqarma va uning tuman, shahar bo‘limlariga 2021 yilda 4 ming 787 ta murojaat kelib tushgan, - deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadbobur Karimov. -  Murojaatlarning 3 ming 409 tasi yoki  93 foizi  hal etildi. Xususan, 2 ming 990 ta murojaat qanoatlantirildi,  1 ming 292 ta murojaat bo‘yicha murojaat qiluvchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga
285 ta taqdimnoma, sudlarga 24,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni undirib berish bo‘yicha 480 ta da’vo arizasi, 45 ta ma’muriy taklif kiritildi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 239 ta taqdimnoma, sud idoralariga 1 ming 3 ta da’vo ariza va ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 41 ta taklif kiritildi.

Adliya tilimi mutaxassislari tomonidan o‘tgan yili 329 marta o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida 31 ming 180 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Adliya idoralari  tomonidan mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha turli tashkilotlarga 1 ming 712 ta taqdimnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida fuqarolarga 3 milliard 965 mmillion so‘m miqdoridagi mablag‘ qaytarildi, shuningdek, 72 ta hujjat ijrosi to‘xtatildi, 2 ming 18 ta hujjat bekor qilindi, 833 ta shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 43 tasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Boshqarma, uning tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan aholini qiynab kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 418 ta monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Olib borilgan tahlil va monitoring tadbirlari davomida inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘li tizimli muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan zaru tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Anjumanda boshqarma hamda adliya bo‘limlari tomonidan 142 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi, 116 ta qaror loyihaga i tuman adliya bo‘limlarining tegishli xulosalari taqdim etilganligi, 26 ta qaror loyihasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmaganligi sababli qaytarilganligi qayd etildi.

Shuningdek, anjumanda yuridik xizmat faoliyatini tartibga solish, Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari faoliyati yuzasidan ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil  javoblar oldi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuxriddin Umrzoqov (surat), O‘zA