Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya bo‘limi yangi binoda faoliyat olib boradi
22:58 / 2025-09-24

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida istiqomat qilayotgan aholi 270 mingdan oshdi. Ular avval, davlat xizmatlaridan foydalanishda bir muncha qiyinchiliklarga duch kelgan. Masalan, adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi alohida binoda joylashgan edi.

Ayni vaziyatda adliya bo‘limi uchun zamonaviy, barcha qulayliklarga ega binolarning qurilishi aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo qilingan yangi zamonaviy binoda zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi. 

Tuman adliya idoralarining yangi binosini foydalanishga topshirishda viloyat jamoatchiligi vakillari, tuman faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari ishtirok etdi. Taqdimot marosimida so‘zga chiqqan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yangi bino hamyurtlarimizga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Endilikda tuman adliya bo‘limi uchun qurilgan yangi zamonaviy binoda barcha xizmatlar bir joyga jamlandi. 

Bino bir vaqtning o‘zida 20 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Markazda kutish zali, investorlar xonasi, bolalar maydonchasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi kabi qulayliklar yaratilgan. Mazkur maskanda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ochiq va qulay muloqot qilish, davlat xizmatlarini sifatli va tezkor taqdim etish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand qatlamlar uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud. 

[gallery-25454]

Tahlillarga ko‘ra, Kosonsoy tumani adliya bo‘limiga qarashli Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida fuqarolarga 36 mingga yaqin xizmat ko‘rsatilgan. Yangi binodagi imkoniyatlar esa mazkur ko‘rsatkichni yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.