Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adliya ayoli” tanlovining sirdaryolik g‘oliblari aniqlandi
09:30 / 2022-08-09

Adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi, faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirish maqsadida “Adliya ayoli” respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil ilk marotaba o‘tkazilgan mazkur tanlovda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan 7 nafar xotin-qiz belgilangan uchta shart asosida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rin Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi yetakchi maslahatchisi Laziza Mamajonovaga, 2-o‘rin Huquqiy xizmatlar bo‘limi bosh maslahatchisi Iroda Muhammadiyevaga, 3-o‘rin Oqoltin tuman FHDYO bo‘limi arxivchisi Dinora Umirzoqovaga nasib qildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sh.Suyarov, O‘zA